EMMEGI’ning RID seriyasi dastlab planetar reduktor bozori uchun ishlab chiqilgan ixcham sovutish qurilmalari bo‘lib, turli statsionar tizimlarda ham qo‘llanishi mumkin. Qurilma yuqori samarali havo-moy issiqlik almashinuvchisi, elektr dvigateli va gidravlik nasosdan iborat (RIDSS/56 modelida vintli, qolganlarida shesternyali).
Qo‘shimcha jihozlar:
• Nasosni avtomatik yoqish/o‘chirish uchun termostatli elektr shkafi
• Haddan tashqari qizishdan himoya qiluvchi signal termostati
• Reduktorga o‘rnatiladigan bosim datchigi
• SPIN/ON filtri





